Kelishuv yakunlangach, hujjat imzolovchiga o‘tadi. Imzo E-IMZO orqali qo‘yiladi — kompyuterdagi kalit, E-IMZO Mobile yoki ID-karta bilan. Imzolangan hujjat haqiqiyligini tekshirish uchun QR-kod oladi.
EdoLine’da hujjatlarni kelishish
Hujjatni qo‘lda olib yurish va «kimda turibdi?» deb so‘rash shart emas. EdoLine’da hujjat marshrut bo‘yicha harakatlanadi: mas’ul xodimlar uni ketma-ket yoki parallel vizalaydi, so‘ng ERI bilan imzolanadi. Har bir amal tarix va kelishuv varaqasida qayd etiladi.
Namoyishni so‘rashHujjatlarni kelishish qanday ishlaydi
- Hujjat yaratildiMuallif hujjatni shablon asosida tayyorlaydi va marshrutni belgilaydi.
- Kelishuvga yuborildiIshtirokchilar bildirishnoma oladi.
- KelishildiMas’ullar vizalaydi yoki izoh bilan qaytaradi.
- ImzolandiImzolovchi E-IMZO bilan imzolaydi.
- Tizimda saqlandiHujjat ro‘yxatga olingan va jurnalda mavjud.
Kelishuv turlari
Ketma-ket kelishuv
Ishtirokchilar hujjatni navbat bilan vizalaydi: keyingisi oldingi qarordan so‘ng oladi.
Parallel kelishuv
Barcha kelishuvchilar hujjatni bir vaqtda oladi — bu muddatni qisqartiradi.
Ko‘p bosqichli kelishuv
Marshrut navbatlarga bo‘linadi: navbat ichida parallel, navbatlar esa birin-ketin.
Marshrutlarni sozlash
- Ishtirokchilarni tayinlash — kelishuvchilar, imzolovchi, rezolyutsiya muallifi va ijrochilar yuborishda tanlanadi.
- Kelishuv guruhlari — doimiy kelishuvchilar tarkibi saqlanadi va bir bosishda qo‘yiladi.
- Qat’iy marshrutlar — hujjat turi uchun ishtirokchilarni lavozim yoki xodim bo‘yicha oldindan biriktirish mumkin.
- Rahbar kelishuvi — bo‘lim rahbari marshrutga lavozimi bo‘yicha qo‘shiladi.
Hujjat harakatini nazorat qilish
- Hujjat holatlari — yaratilgan, kelishuvda, imzoda, rezolyutsiyada, ijroda, yakunlangan, muddati o‘tgan.
- Elektron vizalash — kelishuvchi hujjatni ma’qullaydi, rad etadi yoki izoh bilan qayta ishlashga qaytaradi.
- Kelishuv tarixi — kim, qachon va qanday izoh bilan qaror qabul qilgani.
- Kelishuv varaqasi — hujjat bo‘yicha avtomatik shakllanadi.
- Bildirishnomalar — ishtirokchilar o‘z amalini kutayotgan hujjatlar haqida Telegram va elektron pochta orqali xabar oladi.
Kelishuvdan keyin ERI bilan imzolash
Namoyish davomida hujjat turlaringizdan biri uchun marshrutni sozlab beramiz.
EdoLine’ning bog‘liq imkoniyatlari
Shartnomalarni kelishish
Shartnoma loyihasidan ERI bilan imzolashgacha
BatafsilIchki hujjat aylanishi
Korxona hujjatlarini yaratish, ro‘yxatga olish, nazorat qilish va saqlash
BatafsilIchki arizalar
Xodimlarning arizalari — marshrut va muddatlar bilan
BatafsilDidox bilan integratsiya
Didox hujjatlarini EdoLine’da kelishish va imzolash
BatafsilUshbu ssenariy EdoLine’da qanday ishlashini ko‘rsatamiz va joriy etish bo‘yicha savollaringizga javob beramiz.